SportUz.Net
photo photo

Movsar Evloev navbatdagi jangi tafsilotlarini oshkor qildi

17.04.2024 16:19    


Rasmni yuklab olish

UFC yarim engil vazn toifasi reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan Movsar Evloev navbatdagi jangi haqida malumot berdi.

"29 iyun kuni UFC 303 turnirida istalgan raqibni burdalab tashlashga tayyor bo'laman. Bu jang meni kamar uchun yaqinlashtiradi. Yani, undan keyingi jangim chempionlik uchun bo'ladi", - deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Evloev.

Movsarga mag'lubiyatga uchragan Diego Lopes o'sha jangdan keyin ketma-ket uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Lopes UFC 300 turnirida Sodik Yusuffni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.

"Men Dana Uaytdan Movsar Evloevga qarshi revansh jangini tashkil qilib berishini so'radim. Movsarni yutganimdan keyin kamar uchun Ispaniyaga yo'l olaman", - degan Lopes.

O'tgan yilning may oyida Diego Lopes qisqa muddatda Movsar Evloevga qarshi jangga rozi bo'lgan va yakunda hakamlar qaroriga ko'ra yutqazgandi. Ayni paytda braziliyalik reytingda 14-o'rinni egallab turibdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: