SportUz.Net
photo photo

Maxachev oltin qo'lqopda oktagonga chiqadigan birinchi UFC jangchisi bo'ladi

17.04.2024 14:19    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn (70 kg.gacha) toifasida UFC chempioni Islam Maxachev tilla rang qo'lqoplarda oktagonga chiqqan promoushenning birinchi jangchisi sifatida tarixga kiradi.

Xabaringiz boor, rossiyalik aralash yakkakurash ustasi UFC 302 turnirining markaziy jangida amerikalik Dastin Porega qarshi oktagonga chiqadi. Yangi modeldagi qo'lqop hozirgilaridan xavfsizligi, qulayligi bilan ajralib turadi. 

Islam bilan boshlanadigan chempionlik janglarida kamar sohiblari bundan buyon aynan oltin rang qo'lqoplarda jang qilishadi. Qolgan janglarda qora rangdagi klassik qo'lqoplardan foydalaniladi. 

Dana White Contender Series turnirlaridagi jangchilarga ko'k qo'lqoplar taqdim etiladi. The Ultimate Fighter shousi ishtirokchilari qora, Road to UFC jangchilari esa pushti rang qo'lqoplarda jang o'tkazadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: