SportUz.Net
photo photo

Glendeyldagi prof boks oqshomi ishtirokchilari taroziga chiqishdi

29.03.2024 17:38    


Rasmni yuklab olish

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Arizona shtati Glendeyl shahrida navbatdagi professional boks kechasi o'tkaziladi.

Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan turnir ishtirokchilari tarozi hamda face to face marosimlarida hozir bo'lishdi. Oqshomning markaziy jangi ikkinchi yarim engil vazn toifasida vakant bo'lib turgan vaqtinchalik WBO kamari uchun bo'lib o'tadi. 

Unda meksikalik Oskar Valdes (31-2, 23 KO) avstraliyalik Liam Uilson (13-2, 7 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Ikkala jangchi ham tarozida bir xil vazn ko'rsatishdi - 58,8 kg. Ahamiyati jihatidan ikkinchi jang minimal vazn toifasida amerikalik Siniesa Estrada hamda Kosta-Rika vakilasi Yokasta Valle o'rtasida kechadi. 


Asosiy kardning tarozi natijalari:

Oskar Valdes (58.83 kg) - Liam Uilson (58.78 kg)

Siniesa Estrada (47.26 kg) - Yokasta Valla (47.30 kg)

Richard Tores (107.31 kg) - Donald Xeynsuorta (125.41 kg)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: