SportUz.Net
photo photo

"Great Silk Way-2024". Bahodir Jalolov ishtirokidagi final jangi o'tkazilmaydi

28.03.2024 13:57    


Rasmni yuklab olish

Bugun Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boks bo'yicha "Great Silk Way-2024" xalqaro turniri o'z nihoyasiga etadi.

Avvalroq uchta vazn toifasida o'zbekistonlik bokschilar o'zaro finalda jang qilishi haqida xabar qilgandik. 

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmatining malum qilishicha, -75 kg vazn toifasida Saidjamshid Jafarov va Javohir Ummataliev, +92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolov va Jahongir Zokirov o'rtasidagi jang o'tkazilmaydi. 

Unga ko'ra, Saidjamshid Jafarov va Bahodir Jalolov oltin, Javohir Ummataliev va Jahongir Zokirov kumush medal bilan taqdirlanadi. 


FINAL JANGLARI RO'YXATI



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: