SportUz.Net
photo photo

O'zbekiston terma jamoasining 11 nafar bokschisi finalga yo'l oldi. Qozog'iston va Rossiyadanchi?

28.03.2024 11:19    


Rasmni yuklab olish

Kecha Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida davom etayotgan "Buyuk Ipak yo'li" turniri doirasida yarim final janglari yakunlandi.

Takidlash joiz, erkaklar terma jamoamizning 11 nafar bokschisi musobaqaning finaliga yo'l oldi. Bu turnirdagi eng yaxshi natija bo'lib turibdi.

Qozog'iston terma jamoasi bokschilari esa turnirning hal qiluvchi bosqichi uchun 6 ta yo'llanma qo'lga kiritishdi. SHuningdek, rossiyalik ikki nafar bokschi ham musobaqa finalida jang qiladi.


Final janglari ro'yxati:

- 48 kg: Hasan Malikov (Ozarbayjon) - Temirtas Jusupov (Qozog'iston)

- 51 kg: Maxdi Parvizi SHoroshaxi (Eron) - Asilbek Jalilov (O'zbekiston)

- 54 kg: Timur Kabdeshov (Qozog'iston) - Xo'janazar Nortojiev (O'zbekiston)

- 57 kg: Xo'janazar Fayzov (O'zbekiston) - SHamil Askarov (Ozarbayjon)

- 60 kg: Azrak Babirov (Ozarbayjon) - Talgat Sirimbetov (Qozog'iston)

- 63,5 kg: Abdulloh Madaminov (O'zbekiston) - Tayfur Aliev (Ozarbayjon)

- 67 kg: Mehdi Amirizafar (Eron) - Aleksandr Ziryanov (Rossiya)

- 71 kg: Darxon Duysebay (Qozog'iston) - Bekzod Hamidov (O'zbekiston)

- 75 kg: Saidjamshid Jafarov (O'zbekiston) - Javohir Ummataliev (O'zbekiston)

- 80 kg: Rahmatulla Boymatov (O'zbekiston) - Fazliddin Erkinboev (O'zbekiston)

- 86 kg: Murod Allaxverdiev (Ozarbayjon) - Xasmagomed Javatxanov (Rossiya)

- 92 kg: Alfonso Dominges (Ozarbayjon) - Sag'indik Tog'ambay (Qozog'iston)

+ 92 kg: Jahongir Zokirov (O'zbekiston) - Bahodir Jalolov (O'zbekiston).


Final janglari bizning vaqt bilan soat 15:00da boshlanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: