SportUz.Net
photo photo

Alijonov va Muradov o'zbek MMAsidagi yulduz shogirdi bilan yana yarashib oldi

28.03.2024 09:38    


Rasmni yuklab olish

Jasur Alijonov hamda Mahmud Muradov sobiq shogirdi, qo'qonlik MMA jangchisi Humoyun To'xtamurodov bilan yarashib oldi.

Bu haqda murabbiy Jasur Alijonov saytimizga bergan intervyusida malum qildi.

"Humoyun To'xtamurodov yonimizga qaytib keldi. Qilmishi uchun mendan ham, Mahmuddan ham uzrini so'radi. Gaplashib oldik, beayb Parvardigor. Mashg'ulot qilsin, ko'ramiz. Har bir sportchiga, kim bo'lishidan qatiy nazar, kel, sen kuchlisan, sen MPL'da jang qilasan demayman. Bizga kuchli emas, haqiqiy shogird kerak. Haqiqiy shogird esa, bu erga kelib, mehnatini va mashg'ulotini qilishi lozim. Sportchi nafaqat jismoniy, balki aqliy tomondan ham kuchli bo'lishi kerak", - dedi Alijonov.

Jasur Alijonov bilan to'liq intervyuni tomosha qiling



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: