SportUz.Net
photo photo

Biz birinchi, keyin qolganlar... O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi

31.05.2021 22:00    


Rasmni yuklab olish

Bugun Dubay shahrida boks bo'yicha Osiyo chempionati yakuniga etdi.

Kun davomida 7 nafar o'zbek bokschisi oltin medal uchun ringga ko'tarildi.

Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik bokschilarning janglarini tomosha qilishingiz, shuningdek natijalardan xabardor bo'lib turishingiz mumkin bo'ladi.  

!!!JANGLAR VIDEOSI BIROZ PASTROQDA!!! 


SAHIFANI YANGILASH





21: 38. Bahodir Jalolov Osiyo chempionatining finalida Kamshibek Konkabaevga qrshi ringga ko'tarildi va qatorasiga uchinchi marta raqibini Osiyo birinchiligining finalida mag'lub etmoqda

21:09. Dilshodbek Ro'zmetov finalda  raqibini mag'lub etdi

20:52. Yosh iqtidorli bokschimiz Saidjamshid Jafarov Osiyo chempionatining finalida qozog'istonlik jahon chempionati sovrindori Abilxan Amankul qarshi jang qildi va muhim g'alabani qo'lga kiritdi.

20:39. BoboUsmon Baturov finalda qozog'istonlikka qarshi ringga ko'tarildi va birinchi raundda raqibi jarohat oldi va ungacha bo'lgan hisob kitoblarga ko'ra hamyurtimiz g'alaba qozondi

19:50. Amaldagi jahon chempionimiz Miraziz Mirzahalilov finalda Xarku Enx-Amarga qarshi jang qildi va hakamlar kutilmaganda g'oliblikni raqibga berdi

19:34. -52 kg vaznli bokschimiz SHahobiddin Zoirov Osiyo chempionati finalida hindistonlik Amitga qarshi ringga ko'tarildi va 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Yana bir oltin!

19:19. Osiyo chempionatida yigitlarimizdan dastlabki oltin! -49 kg vaznli bokschimiz Nodirjon Mirzahmedov finalda qozog'istonlik bokschiga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Oltin medal!


Bugun o'zbek bokschilari ishtirokidagi janglar ro'yxati:

-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Daniyal Sabit (Qozog'iston) 5:0

-52 kg: SHahobiddin Zoirov - Amit (Hindiston) 3:2

-56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Xarku Enx-Amar (Mo'g'uliston) 2:3

-69 kg: Bobousmon Baturov - Ablayxan Jusupov (Qozog'iston)

-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Abilxan Amankul (Qozog'iston)

-81 kg: Dilshodbek Ro'zmetov - Meysam Geshlagi (Eron)

+91 kg: Bahodir Jalolov - Kamshibek Konkabaev (Qozog'iston)







Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: