SportUz.Net
photo photo

Korme Oliveyra - CHendler jangidagi hakamlikni tanqid qildi

20.05.2021 19:00    


Rasmni yuklab olish

UFCning sobiq chempioni Daniel Korme Maykl CHendler va CHarlz Oliveyra o'rtasida o'tkazilgan jangdagi hakamlikni tanqid qildi.

"CHendler birinchi raundni yutdi, ammo CHarlz Olieyra teykdaun evaziga o'zini yaxshi ko'rsatdi. Bunday raundni qanday qilib 10-8 hisobida baholash mumkin? Gap shundaki, hakamlar 10-7 hisobini qo'yishga qo'rqishadi. 10-7 bahosini olish uchun nima qilish kerak? 

Agar esingizda bo'lsa, Glover Teysheyra Entoni Smitni mag'lub etgan jangda u raqibini tishini sindirgan raund 10-8 hisobida tugagandi. Ikkita raundni qanday qilib ikki hil baholash mumkin? Ularning birida do'pposlash bo'lgan, ikkinchisida esa raqobatli kurash?

Fikrimcha, hakamlikda ehtiyot bo'lish lozim. Ular pullar va odamlarning sport faoliyati uchun javobgarlikni o'z zimmalariga olishadi. Nima qilayotganingizni tushunishingiz lozim. 10-8 hisobi qo'yilgani aqlga sig'maydi", - dedi Korme. 




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: