"Bu boks tarixidagi eng ko'ngilsiz natija bo'lishi mumkin. Tayson ushbu jangda dam olib yutadi demoqchi emasman. Frensis undan kuchliroq. Menimcha, Frensis raqibi boshini gangitib qo'yadi, ushbu jangning birinchi gongini eshitishni intizorlik bilan kutyapman. Albatta, hayajonlanyapman", - Tayson "The MAClife" nashriga.
Frensis Ngannu va Tayson Fyuri o'rtasidagi jang 28 oktyabr kuniga belgilangan. 10 raundlik boks jangi Ar-Riyodda o'tkaziladi. Bu Frensis uchun boksdagi ilk jangi bo'ladi.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"