SportUz.Net

WBC qozog'istonlik bokschi ishtirokidagi chempionlik jangiga buyruq berdi

09.05.2025 12:18    


Rasmni yuklab olish

Butunjahon boks kengashi (WBC) o'rta vazn toifasidagi amaldagi chempion Karlos Adamesga o'z unvonini qozog'istonlik mag'lubiyatsiz odimlayotgan Meyirim Nursultanovdan himoya qilishni buyurdi.

Tomonlar kimoshdi savdosisiz jang o'tkazish bo'yicha kelishib olishdi. Boxing Scene nashrining insayder malumotlariga tayanib xabar berishicha, bokschilar 2025 yilning yozida AQSHda o'zaro jang o'tkazishni rejalashtirgan.

Eslatib o'tamiz, Adames avvalgi jangini fevral britaniyalik Xamza SHirazga qarshi o'tkazib, durang qayd etgandi. Nursultanov esa so'nggi jangini 2023 yilning noyabrida chililik Xulio Alamosga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobi bilan g'alaba qozongan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: