SportUz.Net

Top Rank vice-prezidenti: "Lomachenkoni yana ringda ko'ramizmi yoki yo'q - bu aniq emas"

09.05.2025 16:27    


Rasmni yuklab olish

Karl Moretti engil vazn toifasidagi IBF va IBO chempioni Vasiliy Lomachenkoning (18-3, 12 KO) kelajagi haqidagi gapirdi.

"U sentyabr oyigacha majburiy raqib, yani Muratella — Abdullaev jangi g'olibi bilan bahs  olib borish bo'yicha bir qarorga kelishi kerak. Bu uning nima istayotganini aniqlab beradi. Bu bilan u boshqa jang qilmaydi demoqchi emasman, raqib boshqa bo'lishi ham mumkin. Umuman olganda, keyingi jang bo'yicha qaror hali qabul qilingani yo'q. U nimani xohlasa, qila oladi. Bu Loma. U qanchalik buyuk ekanligini ko'rsatish yoki uning atrofida ko'tarilish uchun unvonga muhtoj emas. Haqiqiy savol — u ringga qaytishni xohlaydimi? Loma nima qilishni hal qilmagunicha u haqida o'ylay olmaymiz. Lomachenko — Devis jangiga kelsak, biz allaqachon marraga etib borgandik, kelishuv deyarli amalga oshgandi. Ammo Loma umuman jang qilishni xohlamadi. Jervonta bilan hech qanday aloqasi yo'q edi. U shunchaki dam olishni xohladi. Biz uni yana ringda ko'ramizmi yoki yo'q, bilmayman", dedi Moretti.

Vasiliy so'nggi jangini 2024 yil 12 may kuni Jorj Kambososga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin g'alaba qozongandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: