SportUz.Net

Odilxon va Erkebulan ishtirokidagi mojaro uchinchi jang oldidan uyushtirilgan shoumidi? Liga menejeri javob berdi

09.05.2025 13:06    


Rasmni yuklab olish

Octagon League'da faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik menejer Parviz Abdumavlonov pop-MMA jangchilar Odilxon Kamolov va Erkebulan Toktar o'rtasidagi munozaraga to'xtaldi.

Muxlislar Odilxonning Erkebulan bilan bu safargi mojarosini trilogiya oldidan PR kompaniya sifatida tushundi, bu haqda nima deya olasiz?

"Bu hech qanday shou emas. Erkebulan bilan Odilxonning o'rtasida hech qanday shou bo'lmagan shu paytgacha. Ularning ishtirokidagi urush-to'polonlar haqiqiy bo'lgan. Ochig'ini aytaman, bu hech qanday shou emas, haqiqiy holat. Bekordan bekorga shuncha xafagarchiliklar, videomurojaatlar bo'lmaydi-ku. Odam ham o'zi bilib turib, noto'g'ri ishlar qilmaydi-ku. Ularning uchinchi jangi bo'lishi kerak, deb o'ylayman. Agar kelishuvlar muvaffaqiyatli yakunlansa, trilogiya O'zbekistonda bo'ladi", deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Parviz Fightback ko'rsatuvida.

Yodingizda bo'lsa, aprel oyida Erkebulan Toktar Olma-Ota shahrida  matbuot anjumani paytida Odilxon Kamolov bilan janjallashib, unga tarsaki tushirgandi. SHundan keyin Octagon League ikki sportchini uch oy muddatga diskvalifikaciya qilgandi.


PARVIZ ABDUMAVLONOV BILAN TO'LIQ SUHBATNI TOMOSHA QILING



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: