Musobaqaning ikkinchi asosiy bellashuvida engil vazn toifasidagi taniqli o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Muhiddin Mamajonov Qozog'iston vakili Sayat Abduali bilan bahs olib borishi kerak edi. Biroq Mamajonov qo'li sinishi oqibatida turnirda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi va uning o'rniga boshqa bir hamyurtimiz Sanjar Erkinov zaxira jangchisi sifatida jalb etilgandi.
Ammo menejer Parviz Abdumavlonovning SportUz.Net YouTube sahifasidagi Fightback ko'rsatuvida malum qilishicha, Erkinov ham jarohat olib, musobaqada jang qila olmasligi aniq bo'lgan.
Sayat Abdualiga esa ikkinchi marotaba yangi raqib topildi.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"