SportUz.Net

Octagon League 2025 yilda O'zbekistonda jami 5 ta turnir o'tkazadi, ularning ikkitasi viloyatlarda bo'ladi

09.05.2025 11:06    


Rasmni yuklab olish

MMA bo'yicha Qozog'istonning Octagon League tashkiloti joriy yilda mamlakatimizdagi turnirlari sonini ko'paytirish niyatida.

Bu haqda Liganing o'zbekistonlik menejeri Parviz Abdumavlonov SportUz.Net YouTube sahifasidagi Fightback ko'rsatuvida aytib o'tdi.

"Liga 2025 yilda O'zbekiston hududida 5 ta musobaqa o'tkazish maqsadini o'z oldiga qo'ygan. Octagon 72 bu birinchisi. Bundan tashqari yana to'rtta turnir bo'ladi. Ikkita turnir viloyatlarda, uchtasi Toshkentda o'tkazilishi rejalashtirilgan. Yoz oylarida Samarqandda, hammasi yaxshi bo'lib tursa, kuzda Andijonda musobaqalar bo'ladi", deydi mutaxassis.

11 may kuni Toshkentda joriy yil hisobidan ilk bor Octagon League musobaqasi o'tkaziladi.


PARVIZ ABDUMAVLONOV BILAN TO'LIQ SUHBATNI TOMOSHA QILING



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: