SportUz.Net

Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"

09.05.2025 09:54    


Rasmni yuklab olish

UFC'ning yarim o'rta vazn toifasidagi reytingida ettinchi raqam ostida saralangan irlandiyalik Ien Garri-Machado vazn toifasidan qati nazar, tashkilotning eng yaxshi jangchisi Islam Maxachevning o'z divizioniga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Agar Jek Della Maddelena g'alaba qozonsa va Islam vazn bo'yicha yuqoriga ko'tarilishni istasa, qolgan hamma yana o'z navbatini kutadi. U vazn toifasidan qatiy nazar birinchi raqamli va u bu maqomga loyiq. Agar u yuqoriga ko'tarilib, bu kamar uchun jang qilmoqchi bo'lsa, hamma unga ruxsat beradi. U shunday munosabatda bo'lishlariga loyiq", deydi Garri matbuot anjumanida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: