10 raundga mo'ljallangan jangda Romanga meksikalik Rikardo Espinoza Franko raqiblik qildi.
Jang to'liq davom etdi va unda Roman 98-92, 98-92, 97-93 hisoblarida g'alaba qozondi.
Ushbu jangdan so'ng u yana hamyurtimizga qarshi jang qilish istagida ekanligini aytib o'tdi:
"Men haliyam revansh jangini istayman. Murodjon Ahmadaliev bilan tugallanmagan ishimiz bor. U nimani rejalashtirayotganini bilmayman, ammo men ushbu jangda qatnashmoqchiman", - dedi Roman.