Avvalroq bloger aka-ukalar Floyd Meyvezer bilan katta janjal keltirib chiqarishgandi.
"Ikkala aka-ukadan hech birining Meyvezerga kuchi etmaydi. Floyd ularning ikkovini ham uradi", - dedi Tayson.
Eslatib o'tamiz, videobloger Jeyk Pol o'tgan hafta Meyvezer bilan uchrashgan paytda janjal kelib chiqqandi. Bunga Jeyk Polning Floydning boshidagi kepkani olib qochgani sabab bo'lgandi.