Avvalroq, ushbu musobaqada yarim o'rta vazn toifasidagi rossiyalik Muslim Salixov (19-3)ning ham jang qilishi haqida xabar bergan edik. Unga Daniya vakili Nikolas Dalbi (21-4-1) raqiblik qiladi. Jang UFC tomonidan rasman elon qilindi.
Oqshomning markaziy jangi italiyalik Marvin Vettori hamda amerikalik Jared Kannone o'rtasida kechadi.
Eslatib o'tamiz, Muslim Salixov o'zining so'nggi jangini o'tgan yilning noyabr oyida portugaliyalik Andre Fialoga (16-7) qarshi o'tkazib, muddatidan avval g'alaba qozongan edi. Nikolas Dalbi esa oxirgi jangida Uorli Alves (14-5) dan ustun kelgandi.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"