SportUz.Net
photo photo

Amanda Nunes nega faoliyatini yakunlamaslikka qaror qilganini tushuntirdi

09.06.2023 11:38    


Rasmni yuklab olish

Ayollar divizionida yarimengil vaznda amaldagi UFC chempioni Amanda Nunes Dana Uayt promoushenini nega tark etmaslikka qaror qilganini tushuntirdi.

"Agar faoliyatimni yakunlaydigan bo'lsam, chempionlik kamarimni Julianna Penyaga tashlab ketar ekanman. Bu hech qachon amalga oshmaydi. Kamarni boshqa kimgadir qoldirarman, lekin Juliannaga emas. Men istalgan vaqtda uni mag'lub eta olishimni bilaman. Bir martta xatoga yo'l qo'ydim, endi bu boshqa takrorlanmaydi", — deya Nunesning so'zlarini keltiradi MMA Fighting.

Eslatib o'tamiz, Nunes va Penya ikki bor to'qnash kelgan. UFC 277 turnirida Amanda ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, kamarini qaytarib olgandi. Penya esa sabmishen evaziga muddatidan avval zafar quchgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: