Professional boksning superog'ir vazn toifasida britaniyalik WBC chempioni Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren mazkur vaznda WBA, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlari sohibi Aleksandr Usik bilan jangning nima sababdan muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytdi.
"Nega ularga revansh to'g'risidagi band kerak, bilasizmi? CHunki bu kafolatlangan ikki martalik gonorar degani. Tayson bilan ikkita jang orqali ular qancha pul ishlab topishadi? Filip Xrgovich, Jo Joys yoki Daniel Dyuboaga qarshi jang qilmaydi. SHuning uchun ular bu bandni xohlashadi", - deya Uorrenning so'zlarini keltiradi talkSPORT nashri.
Bilol yoki Maddalena? SportUz.Net jurnalistlari UFC 315 markaziy jangi uchun taxmin bildirishdi
Tommi Fyuri 2023 yildan buyon ilk bor jang qilib, g'alaba qozondi va Jeyk Polga "vyzov" tashladi