Qozog'istonning Olma-Ota shahrida aralash jang sanatlari bo'yicha Octagon 43 musobaqasi bo'lib o'tdi.
Ahamiyatlisi, musobaqa doirasida oktagonga chiqqan o'zbekistonlik Sanjar Zokirov tojikistonlik raqibi — Saymumin Madievni mag'lubiyatga uchratdi. 3 raundga mo'ljallangan jang 3-raundda muddatidan oldin yakunlandi, hamyurtimiz tojikistonlik raqibini texnik nokaut evaziga engdi.
Bu Zokirovning beshinchi jangda qo'lga kiritgan beshinchi g'alabasi bo'ldi. Saymumin Madiev esa oltinchi jangida ilk bor mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Ramazon Temirov ishtirok etadigan UFC Abu-Dabi turnirining markaziy jangi elon qilindi
UFC 315 turnirining bonus sohiblari malum, chempionlik jangi eng yaxshisi deb topildi