SportUz.Net
photo photo

Boks bo'yicha jahon chempioniga ikki xonali uyning boshlang'ich to'lovi to'lab berildi

28.04.2021 15:40    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, yaqinda Polshaning Kelce shahrida o'tgan boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida mamlakatimiz yosh charm qo'lqop ustalari ham munosib ishtirok etishgan edi.

Terma jamoamiz azolari Polshadan 3ta oltin, bitta kumush va 6ta bronza medali bilan ortga qaytishdi.

Jumladan, mamlakatimiz boksi tarixida ilk jahon chempioni bo'lgan bokschi qiz Niginaxon O'ktamova yaqinda O'zbekiston boks federaciyasi tomonidan engil avtomobil (Nexia 3) bilan taqdirlangan edi.

Kecha bokschimiz o'zi tug'ilib o'sgan Samarqand viloyati Ishtixon tumanida ham tantanali ravishda kutib olindi. Nigina O'ktamovani taqdirlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda Ishtixon tumani hokimligi, Turizm va sport bo'limi, Madaniyat bo'limi, Yoshlar ishlari agentligi vakillari, chempionning yaqinlari va yoshlar ishtirok etdi. SHundan keyin tuman markazidagi “Ustozlar bog'i”da chempion qiz sharafiga tantanali qutlov tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda qatnashgan Ishtixon tumani hokimi SH.Negmatov Niginani erishgan yuksak g'alabasi bilan qutlab, unga tuman hokimligi tomonidan qimmatbaho sovg'a, ikki xonali uyning boshlang'ich to'lovi to'lab berilganligi haqidagi sertifikatni topshirdi.

SHu o'rinda bir mulohaza: hali 20 yoshga ham to'lmagan qiz sportda erishgan ulkan g'alabasi tufayli ham avtomashinali, ham uyli bo'lmoqda. Yurtimizda Niginaga o'xshagan yoshlar kammi? SHunday ekan, yurtimiz yoshlarini sport bilan shug'ullanishga, o'z iqtidorini namoyon etishga, Osiyo va jahon chempioni, Olimpiada o'yinlari g'olibiga aylanib katta-katta mukofotlarni qo'lga kiritishga chorlaymiz.

To'g'ri, hammaga ham chempion bo'lish nasib etmas, ammo siz har bir inson uchun eng OLIY sovrin – salomatligingizni mustahkamlashga erishasiz.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: