Bu haqida bokschimiz SportUz.Net sayti muxbiri bilan suhbatda malum qildi.
O'sha kuni Xoldarovga meksikalik Xose Bernardino Lozano raqiblik qiladi.
Taqqoslash uchun Xoldarov shu kungacha prof boksda 4 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan. Janglarning uchtasida u raqiblarini muddatidan oldin mag'lub etgan.
Xose Lozano esa 11 ta jang o'tkazib, ularning 10 tasida g'alaba qozongan (9 ta nokaut). 1 ta jangda mag'lubiyatga uchragan.