Eng og'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Tayson Fyuri (30-0-1, 21 KO) WBO super o'rta vazn toifasidagi unvon egasi Billi Jo Sonders (30-0, 14 KO) WBA va WBC chempioni Saul Alvaresni (55-1-2, 37 KO) mag'lub etishiga ishonadi.
"Jismoniy jihatdan Billi Jo Sonders 100 foiz tayyor. U nima qilish kerakligini biladi va buni amalga oshiradi. U cho'qqiga ko'tarilib, o'zining buyukligini elon qiladi.
Ilgari meni ko'p marta hisobdan chiqarishgan, ammo men buni uddalaganman. Men va Sonders bir xil sinovdan o'tganmiz.
Ha, Kanelo hamma bilan kurashgan, ammo u hech qachon jangovar lo'lini uchratmagan. Biz butunlay boshqa hayvon zotimiz, biz Alvaresning avvalgi raqiblariga o'xshamaymiz. Ishonchim komilki, Sonders boks dunyosida hukmronlik qiladi", - deya Fyurening so'zlarini keltiradi Boxing Scene.
Eslatib o'tamiz, Alvares - Sonders jangi 8 may kuni AQSHda bo'lib o'tadi. Avvalroq WBC Alvares - Sonders jangi uchun maxsus kamarni taqdim etgani haqida xabar berilgan edi.
"Men Top-5`da Dvalishvili bilan jang qilmagan yagonaman" - Sendxagen kamar uchun jang qilmoqchi
Ankalaev Proxazka bilan jang qilmaydi, Pereyra bilan revansh bo'yicha muzokara ketmoqda