To'lqin Qilichev qozoq nashriga intervyu berdi.
- 22 yoshgacha bo'lgan boskchilar o'rtasidagi o'tgan Osiyo chempionati sizga yoqdimi? Ishonchingiz oqlandimi?
Ha, albatta, ishonchimizni oqlashdi. Natija yaxshi, yigitlar harakat qilishdi, ishladilar. Turnir esa kutganimizdek bo'ldi. Hamma baxtli.
- Musobaqada O'zbekistonning shu yoshdagi barcha kuchli bokschilari qatnashganmi?
— Yo'q, to'g'risini aytsam, bu musobaqada barcha etakchilarimiz qatnashmagan. CHunki bu yoshda terma jamoaning birinchi raqamli vakili bo'lgan yigitlarimiz bor. Biz ularni yubormadik, lekin ularning o'rniga ikkinchi raqamlilar ketdi. Ularning barchasi zaxiradagi yigitlar. Lekin ular raqobatbardosh. Ular buni isbotlashdi.