Li engil vaznda vaqtinchalik UFC chempionlik kamariga sobiq davogar hisoblanadi.
"Iltimos, menga Kevin Lini topishga yordam berib yuboringlar", - deya o'zining Tvitter sahifasida video murojaat qoldirgan qirg'izistonlik "Ataman".
Malumot uchun, 28 yoshli Rafael Fiziev UFC promoushenida ketma-ket 3 ta jangda g'alaba qozondi. Oxirgi jangida yarim engil vazn toifasida nom qozongan Renato Moykanoni nokautga uchratdi. 28 yoshli Kevin Li esa oxirgi jangini o'tgan yilning mart oyida CHarlz Oliveyraga qarshi o'tkazib, uchinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub bo'lgan edi.
Ayni paytda Li UFC reytingida 13-o'rinni egallab turibdi. Fiziev esa hali Top-15 jangchilar ro'yxatiga kirmagan.