SportUz.Net
photo photo

Isroil Madrimovga uy sovg'a qilindi

18.04.2021 21:00    


Rasmni yuklab olish

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan xalqaro arenalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan bokschilarimiz bilan yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda -75 kg vazn toifasidagi istedodli bokschimiz, Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni, professional boksda WBA Intercontinental kamari sohibi Isroil Madrimov hamda Osiyo chempioni, WBA va IBF chempionlik kamarlari sohibi Murodjon Ahmadalievlar ishtirok etdi.

Taniqli bokschilarimizning Olmaliq shahriga tashrifi sport muxlislarini nihoyatda xursand qildi. Xususan, shahar hokimligining faollar zalida sport ixlosmandlari bo'lgan yoshlar bilan o'tkazilgan ushbu uchrashuv jahon chempionlarini ham xursand qildi. Unda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan chempionlarga murojaat qilishdi va atroflicha javob olishdi.

Tadbir yakunida Olmaliq shahar hokimligi tomonidan Toshkent viloyati vakili Isroil Madrimovga shaharda yangi qurilayotgan ko'p qavatli uylardan 3 xonali uy sovg'a qilindi va tegishli sertifikat taqdim etildi.

SHubha yo'qki, bu kabi tadbirlar yosh avlod qalbida sportga mehr uyg'otadi va ular orasidan ertaga Osiyo va Jahon chempionlari, Olimpiya o'yinlari g'oliblari ham etishib chiqadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: