SportUz.Net
photo photo

Saidjamshid Jafarov ham IBA Pro Series musobaqasida ishtirok etadi

07.12.2022 17:57    


Rasmni yuklab olish

Saidjamshid Jafarov 11 dekabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan IBA Pro Series musobaqasida ishtirok etadi.

Havaskor boksda ikki karra Osiyo chempioni (2021, 2022), ikki karra O'zbekiston chempioni (2020, 2021), 23 yoshli buxorolik bokschi Saidjamshid Jafarov 75 kg vazn toifasida 11 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida o'tkaziluvchi IBA Pro Series  musobaqasida ishtirok etadi.

Bu haqda boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To'lqin Qilichev malum qildi.

Saidjamshid Jafarovga ushbu vaznda amaldagi Jahon chempioni Yoenlis Ernandes raqiblik qilishi kutilmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: