SportUz.Net
photo photo

Rasman! UFC Islam Maxachev jangini tasdiqladi

13.02.2021 13:20    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida rossiyalik UFC jangchisi Islam Maxachevning navbatdagi raqibi, jang sanasi va manzili tasdiqlandi.

Xabib Nurmagomedovning izdoshi sifatida qaralayotgan Islam 6 mart (Toshkentda 7 mart tongi) kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida Dryu Doberga qarshi oktagonga ko'tariladi. 

Etiborga molik jihati, Islam oktagonga chiqadigan turnir doirasida bir yo'la uchta chempionlik jangi o'tkaziladi. Markaziy jangda yarim og'ir vazn toifasi chempioni Yan Blaxovich o'rta vazn chempioni Israel Adesanya bilan birlashtiruvchi chempionlik jangida to'qnash keladi. 

Anderkard jangda engil vazn toifasi chempioni, rossiyalik Pyotr Yan amerikalik rasmiy davogar Aljemeyn Sterlingga, ayollar o'rtasida ikki vazn UFC chempioni Amanda Nunes esa Megan Andersonga qarshi oktagonga ko'tariladi. 

Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev so'nggi bor 2019 yilning sentyabr oyida jang o'tkazgan bo'lib, o'shanda Devi Ramosni mag'lubiyatga uchratgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: