"Bir nechta yaxshi takliflar bor. Saudiya Arabistoni, O'zbekiston, Rossiya, Qatar, AQSH va Angliya tomonidan yaxshi takliflar berildi. Men yakshanba kuni barchasini o'rganib chiqmoqchiman va biz tez orada jang qilamiz", - degan Tayson.
Eslatib o'tamiz, o'tgan dam olish kuni "Humo Arena"da katta boks kechasi bo'lib o'tgandi. O'sha oqshom haqida Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn iliq fikrlarni bildirgandi. Aynan shu holat ham superog'ir vazn toifasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangining O'zbekistonda o'tkazilishiga zamin yaratishi mumkin.
Topuriya: "Carukyan qo'rqib qolgan. U jang qilmasligi aniq bo'lganda vazn qila oladi"