SportUz.Net
photo photo

FIFA reytingi: O‘zbekiston 3 pog‘ona ko‘tariladi

01.04.2023 14:31    


Rasmni yuklab olish

FIFAning navbatdagi reyting jadvali 6 aprel kuni e’lon qilinadi. Ammo mart oyidagi o‘rtoqlik va rasmiy uchrashuvlar o‘tkazib bo‘lingani uchun hozirdanoq yangi reyting borasida xulosa qilish mumkin.

O‘zbekiston terma jamoasi KONMEBOLning ikki jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, Boliviyani mag‘lub etgan bo‘lsa, Venesuela bilan durang o‘ynadi. Natijada hisobimizga 5,72 ball qo‘shildi va ochkolarimiz 1318,36 ga yetdi.

Buning oqibatida terma jamoamiz 3 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, 77-o‘rindan 74-pog‘onaga chiqib oldi. Ushbu sakrash tufayli Salvador, Bolgariya va Isroilni quvib o‘tdik.

Qit’a miqyosida esa Yaponiya (20-o‘rin), Eron (24), Janubiy Koreya (27), Avstraliya (34), Saudiya Arabistoni (54), Qatar (61), Iroq (67), BAA (72) va Ummon (73)dan so‘ng 10-qatorda bo‘lamiz (shuning uchun Osiyo kubogi-2023 uchun tashlanadigan qur’ada 2-savatchada bo‘lamiz).

Jahon chempioni Argentina FIFA reytingida peshqadamga aylanadi. Fransiya esa 2-o‘ringa chiqib oldi. Shu paytgacha peshqadam bo‘lib turgan Braziliya 3-o‘ringa tushdi.

FIFA reytingi (6 aprel)

1. Argentina — 1841
2. Fransiya — 1838
3.Braziliya — 1834
4. Belgiya — 1793
5. Angliya — 1792
6. Niderlandiya— 1731
7.Xorvatiya — 1730
8. Italiya — 1714
9. Portugaliya — 1707
10. Ispaniya — 17682

OFK
20. Yaponiya — 1589
24. Eron — 1553
27. Janubiy Koreya — 1536
29. Avstraliya — 1532
54. Saudiya Arabistoni— 1421
61. Qatar — 1389
67. Iroq — 1349
72. BAA — 1336
75. Ummon — 1334
77. O‘zbekiston — 1318
81. Xitoy — 1297
84. Iordaniya — 1293.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: