"Futsal World Ranking" sayti bugun jahon futzal terma jamoalarining yangi reytingini e’lon qildi.
O‘zbekiston terma jamoasi 1260 ochko bilan jadvalda 24-pog‘onani band etib turibdi. Jamoamiz fevral oyi reytingida ham shu pog‘onani egallagandi. Agar 2022 yil deabr oyi reytingi bilan taqqoslasak, O‘zbekiston 3 oy ichida 3 pog‘ona pastga tushgan.
Futzal termamiz Osiyo qit’asida uchinchi reyting ko‘rsatkichiga ega. Qit’amizning eng yaxshi terma jamoasi Eron 6-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Yaponiya 12-o‘rinni egallagan.
Reytingni esa Braziliya terma jamoasi boshqarib turibdi (1796). Keyingi o‘rinlarni Ispaniya (1772), Portugaliya (1753), Rossiya (1671) va Argentina (1650) terma jamoalari band etib turishibdi.
30 sentyabr kuni Osiyo o'yinlarida qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati
Rasman. WBA Murodjon Ahmadaliev va Kevin Gonsales jangiga buyruq berdi. Jang sanasi va manzili malum