10 mart kuni Ispaniya chempionatining 25-go turidan o‘rin olgan «Kadis» — «Xetafe» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.
Bahsdagi eng oxirgi golga «Xetafe» hujumchisi Enes Unal mualliflik qildi. Hakam ikkinchi bo‘limga 10 daqiqa qo‘shib berdi va ushbu daqiqalar yakunlanish arafasida VAR yordamida mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. Turkiyalik futbolchi penaltidan gol urganida vaqt 105:14 ni ko‘rsatayotgandi.
Shu tariqa, Unal La liganing 21-asrdagi eng kech urilgan gol muallifiga aylandi. Shu paytgacha ushbu Lionel Messiga tegishli bo‘lib, argentinalik futbolchi 2008 yilning sentyabr oyida «Espanyol» darvozasini penaltidan ishg‘ol qilgandi — 102:52.
Qozog'istonlik sobiq bokschi Mo'ydinxo'jaev - SHimbergenov jangi uchun o'z taxminini bildirdi
30 sentyabr kuni Osiyo o'yinlarida qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati
Rasman. WBA Murodjon Ahmadaliev va Kevin Gonsales jangiga buyruq berdi. Jang sanasi va manzili malum