SportUz.Net
photo photo

Lukaku Milan derbisida rekord o‘rnatdi

21.02.2021 23:30    


Rasmni yuklab olish

«Inter» hujumchisi Romelu Lukaku Italiya A seriyasining 23-turi doirasida «Milan»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda (3:0) bitta gol muallifiga aylandi.

Belgiyalik o‘yinchi barcha musobaqalar doirasida Milan derbilarining ketma-ket 5tasida gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

Lukakuning golli seriyasi 2019 yilning sentyabr oyida boshlangan edi. O‘shanda Romeluning goli «neradzurri»ga g‘alaba qozonishda (2:0) yordam bergandi.

Lukaku A seriyaning joriy mavsumida 17ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda. U Krishtianu Ronalduni bitta golga ortda qoldirmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: