SportUz.Net
photo photo

Globe Soccer Awards talqiniga ko‘ra eng yaxshi klub, murabbiy, prezident va futbol agenti nomiga da’vogarlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

20.10.2022 18:00    


Rasmni yuklab olish

Globe Soccer Awards turli nominasiyalar bo‘yicha nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Yilning eng yaxshi futbol klubi sovrini uchun «Ayaks», «Bavariya», «Boka Xuniors», «Flamengo», «Liverpul», «Manchester Siti», «Milan», «PSJ», «Reynjers», «Real», «River Pleyt» va «Roma» kabi jamoalar kurash olib boradi.

Shuningdek, eng yaxshi murabbiy bo‘lish uchun ham nomzodlar nomi ma’lum bo‘ldi. Da’vogarlar orasidan erkaklar futbolidan tashqari ayollar futboli murabbiylari ham joy olgan. Karlo Anchelotti («Real»), Unai Emeri («Vilyarreal»), Pep Gvardiola («Manchester Siti»), Simone Inzagi («Inter»), Yurgen Klopp («Liverpul»), Joze Mourinyo («Roma»), Yulian Nagelsmann («Bavariya»), Stefano Pioli («Milan»), Maurisio Pochettino, Luchano Spalletti («Napoli»), Xavi («Barselona») va ayollar futboli bo‘yicha Yevro—2022 g‘olibi bo‘lgan Angliya terma jamoasi murabbiyi Sarina Vigman ushbu sovrin uchun nomzodlar qatoriga kiritilgan.

Yilning eng yaxshi prezidenti bo‘lish uchun Haldun al-Muborak («Manchester Siti»), Pinto de Koshta («Portu»), Gerbert Hayner («Bavariya»), Florentino Peres («Real») va Paolo Skaroni («Milan») kabi rahbarlar nomzodi qo‘yilgan.

Eng yaxshi agent nomiga Jorje Mendesh, Eran Zahavi, Jonatan Barnett, Rafaela Pimenta, Frenk Trimboli va Leon Anxel kabi vositachilar da’vogar bo‘lib turibdi.

To‘liq ro‘yxat bilan bu yerda tanishish mumkin. Eng yaxshilarni aniqlash marosimi 17 noyabr kuni Dubayda bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilingandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: