SHov-shuv ko'tarishdan charchamaydigan Xamzat CHimaev o'ziga raqib tanlagan ko'rinadi. CHechinistonlik ijtimoy tarmoqlar orqali amerikalik Kolbi Kovingtonga «vizov» tashladi. Demak, CHimaev nafaqat yarimo'rta vazn toifasida qolish, balki yanada ko'proq etiborni o'ziga qaratishga tayyor. Uning Kovington bilan to'qnashuvi siyosiy taraflama ham aqlbovar qilmas darajada qiziqish uyg'otadi.
Eslatib o'tamiz, Xamzat yaqinda AQSHda ko'pchilikning g'azabiga duchor bo'lgan edi. Kevin Xolland ustidan g'alabani osonlik bilan qo'lga kiritganidan so'ng, muvaffaqiyatsiz vazn o'lchash marosimida qizishib ketib, Jo Roganga mikrofon bilan «Jin ursin yigitlaringni, men chechinman, yaramaslar. Men bu erdagilarning eng xavflisiman, hammangni yo'qotaman, Ollohu Akbar!»,-deb baqirdi., Agar bu Amerika tarixidagi eng dahshatli teraktning yilligi arafasida sodir bo'lmaganida, hammasi yaxshi bo'lar edi
Albatta, CHimaevning xayolida bunday narsa bo'lmagan, lekin juda kech bo'lgan edi, chunki mahalliy muxlislar chechinning gaplarini qayg'uli voqealar bilan bog'lashdi. Ijtimoiy tarmoqlarda g'azabli va haqoratomuz izohlar tarqala boshladi. Xamzatni AQSH va musulmonlarga nisbatan hurmatsizlikda ayblashdi. SHuningdek, ko'pchilik o'ylamasdan aytgan gaplari uchun amerikalik mashhur vatanparvarlardan biri Kolbi Kovingtonga chechinni zudlik bilan jazolashni taklif qildi.
Agar uning kuchi etishiga ishonchi komil bo'lsa, endi haqiqatan ham Kolbi CHimaev bilan jang qiladi. Ilgari Kovington uni «qo'pol loyiha» deb hisoblagan va unga etibor qaratmagan. Biroq CHimaevning so'ngi g'alabalari Kolbining fikrini o'zgartirgan bo'lishi mumkin. Sport nuqtai nazaridan qaralganda, jang juda ham qiziqarli o'tadi. CHechinning yorqin zarba berish texnikasi, amerikaliningning oktagondagi ajoyib mahorati kurashni tomosha qilishga arziydigan qiladi.
Jang atrofidagi shov-shuv aqlbovar qilmas darajada ko'tarilmoqda. Dunyodagi og'ir siyosiy vaziyat ham CHimaev va Kovington o'rtasidagi kurashga faqat olov qo'shadi. Yigitlarning o'zlari ham zo'r tresh-tok tashqil qilishlari mumkin, chunki Xamzat ochiqchasiga gapiradi, Kolbi esa ajoyib hazillar qila oladigan birinchi darajali suhbatdosh bo'la oladi. Dana Uaytga keladigan bo'lsak, uning tashkiloti qanchalik ko'p pul topishini hisobga oladi hamda bu jangga qarshi bo'lmaydi. Endi faqatgina barcha tomonlarning kelishuvini kutish qoldi.
O'n ikki nafar aralash yakkakurash ustamiz MMA bo'yicha jahon chempionatining finalida
O'n bir nafar aralash yakkakurash ustamiz MMA bo'yicha jahon chempionatining finalida