SportUz.Net
photo photo

Yuragi bo'shlarga tavsiya etilmaydi! Jangdan so'ng fojiali tarzda vafot etgan bokschilar. TOP-10.

27.06.2022 18:34    


Rasmni yuklab olish

Jangdan keyin hayotni tark etgan bokschilar TOP-10 ligini taqdim etamiz.

So'nggi vaqtlarda jangdan keyin favot etayotgan professional bokschilar soni ortib bormoqda. Bunday holatlar uzoq va yaqin tarixda ham ko'p bor sodir bo'lgan. Quyidagi materialimizda jangdan so'ng hayotni tark etgan charm qo'lqop ustalarining ayanchli halokati to'g'risida so'z yuritamiz!

1. Xonadagi chiroqni o'chiring

Birinchi o'rta vazn toifasidagi 27 yoshli Patrik Dey 2019 yil 12 oktyabr kuni CHarlz Konvellga qarshi jang qildi. CHikagoda tashkil etilgan boks oqshomida Aleksandr Usik, Dmitriy Bivol ham ringga ko'tarilgan. Patrik bu uchrashuvda USBA mintaqaviy kamarini himoya qilishi lozim edi. Drama oxir-oqibat qanday rivojlanishini hech kim taxmin qila olmasdi.


 Dastlab, Dey ikki marta nokdaunga uchradi va 10-raundda Konvell raqibni chuqur nokautga uchratdi. Dey hushsiz holatda zambilda ringdan olib chiqib ketildi, shundan so'ng u komaga tushdi. SHifokorlar shoshilinch ravishda miya operaciyasini o'tkazishdi. Afsuski, bu operaciya bokschining hayotini saqlab qola olmadi. "U juda katta maqsadlarni oldiga qo'ygan yoqimtoy yigit edi. Men u bilan bir hafta oldin birinchi marta uchrashdim. Uning tabassumi xonani yoritib yuborgandi", - dedi Eddi Xirn jangchining o'limiga munosabat bildirib.


2. O'limga olib kelgan hakamning beparvoligi

Rossiyalik Maksim Dadashev AQSHda puerto-rikolik Sabriel Matiasga qarshi IBF saralash jangida ringga chiqdi. Ammo 11-raundda juda ko'p zarba o'tkazib yubordi va uning jamoasi jangni to'xtatishga qaror qildi.  Faoliyatidagi birinchi muvaffaqiyatsizlikka uchragan 28 yoshli jangchi kiyim almashtirish xonasiga ketayotib, hushini yo'qotdi va miya shishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi. U kraniotomiyadan o'tkazildi va tibbiy komaga tushdi, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadilar. 


Keyinroq bokschining bevasi: "SHifokor u hozir o'ladi, dedi. Menga stul qo'yishdi, men uning so'nggi nafasini ko'rdim. Elizabet ham fojiada ringdagi hakamni aybladi: "Hakam hech qachon yaqinlashmagan. Maks, o'tkazib yuborilgan zarbalar soniga qaramay, tekshirish uchun shifokorni burchakka chaqirmadi. Hakamning beparvoligi va noprofessionalligi erimning hayotiga zomin bo'ldi", - dedi. Raqib Matias ham sodir bo'lgan voqeadan qattiq hayratda qoldi va jang uchun to'lanadigan 75 000 dollarni rad etdi.


3. U o'zi orzu qilganidek o'lim topdi, lekin 80 yoshgacha kurashmoqchi edi

2018 yilning noyabrida boks bilan xayrlashishni istamagan 49 yoshli Kristian Dagio tailandlik Don Parueang bilan bo'lgan Osiyo kumush chempioni unvoni uchun jangda boshidan jarohat olib, vafot etgan edi. Jangning 12-raundiga kelib italiyalik hakamlar qaydlari bo'yicha peshqadam bo'lib turgandi, biroq boshiga berilgan bir qator zarbalardan so'ng u nokdaunga, yana biridan keyin esa nokautga uchradi. 


Hakam zudlik bilan shifokorlarni ringga chaqirdi, biroq Kristian allaqachon hushini yo'qotgan edi. Kasalxonaga ketayotganda Dagio komaga tushib, bir necha kun reanimaciyada yotdi va hushiga kelmay vafot etdi.

Uning akasi Dagio keyinroq Kristian 80 yoshgacha jang qilishni istagan bo'lsa-da, o'zi orzu qilgan yo'ldan ketganini takidladi: "Ring uning hayoti edi va u chempiondek vafot etdi".


4. SHifokorlarning gapiga "tupurib", halokatli jangga rozi bo'ldi

Bokschining o'zi aybi bilan sodir bo'lgan so'nggi fojialardan biri 2019 yilning iyul oyida sodir bo'lgan. Argentinalik 23 yoshli Ugo Santilan Urugvayning eng yaxshi jangchisi Eduardo Abreu bilan WBC Latino Silver unvoni uchun 10 raundlik jangni yuzi qonga belangan holda yakunladi. Hakam jang natijasini elon qilgunga qadar Ugo ringda hushini yo'qotdi. SHifokorlar jangchining miyasiga qon quyilganini aniqladilar, operaciya o'tkazdilar, lekin yurak va nafas olishi ikki marta  to'xtagandan so'ng, Ugo vafot etdi.


Malum bo'lishicha, Santilan shifokorlarning 45 kun davomida boks bilan shug'ullanmaslik haqidagi ko'rsatmalariga qaramay, o'lim o'yiniga rozi bo'lgan. Karantindan avval argentinalik germaniyalik Artem Arutyunyanga qarshi 15-iyun kuni o'zining so'nggi 10 raundlik jangini yakunlagan va u juda ko'p zarba o'tkazib yuborgan paytdan boshlandi. Germaniya boks federaciyasi hattoki Santilanning sog'lig'ini himoya qilish maqsadida uning licenziyasini vaqtinchalik bekor qilib, Evropadagi turnirlarda qatnashishni taqiqlab qo'ydi. Ammo yigit Amerikada ringga chiqdi.


5. Xuk va bosh og'rig'i


2016 yil 29 sentyabr kuni Glazgoda mag'lubiyatga uchramagan shotlandiyalik Mayk Touell 13-jangda Deyl Evansga yutqazdi. U birinchi raunddayoq nokdaunga uchradi, beshinchi raundda esa Evansning xuk zarbasidan keyin u normal nafas ololmadi va hakam jangni to'xtatdi. Maykni zaldan zambilda olib chiqishdi va darhol kasalxonaga jo'natishdi, shifoxonada u ventilyatorga ulangan. 


Ammo qon ketishi tufayli miyada shishish sodir bo'ldi. O'pkaga ulangan ventilyator olib tashlangandan so'ng, Mayk yana 12 soat hayot bilan kurashdi. Ilgari mag'lub bo'lmagan Touell kabi uning burchagidagilar ham nokdaundan keyin etkazilgan zararni to'liq baholay olmagani bois jangni davom ettirishga qaror qilishdi, bu esa vaziyatni yanada og'irlashtirdi. Maykning rafiqasi u so'nggi bir necha hafta ichida bosh og'rig'idan shikoyat qilganini aytdi va qo'shimcha qildi: "Mening bolam otasini yo'qotdi. Lekin u erishgan yutuqlari uchun otasi bilan juda faxrlanadi".


6. Etti kishiga hayot bag'ishlagan o'lim

2018 yilning fevral oyi 31 yoshli britaniyalik yarim og'ir vaznli Skott Uestgart uchun bu hayot yo'lining oxirgi kuni bo'ldi. U bokschilik faoliyatini juda kech - 24 yoshida boshlagan, lekin tezda reytingda yuqoriga ko'tarilgani bilan ajralib turadi. Nokdaunga uchragach, u hakamlar qarori bilan Dek Spelmanga qarshi jangda g'alaba qozondi, ammo shundan keyin u yiqilib, hushini yo'qotdi va miyaga qon quyilishi tashxis qilinib, kasalxonaga yotqizildi. Bir kundan keyin Skott hushiga kelmay vafot etdi.


Ammo uning o'limi etti kishining umrini uzaytirdi. Bokschining onasi aytganidek, u yashirincha o'zini donorlar ro'yxatiga kiritib qo'ygan va o'limidan so'ng azolari etti kishiga ko'chirildi: "U oxirigacha odamlarga yordam berdi. Skott juda mehribon, quvnoq, jasur edi... Men odamlar uni nafaqat bokschi, balki haqiqiy inson sifatida ham xotiralashlarini istayman".


7. Olti oy jang qildi va motocikllarni tamirladi


2017 yilning noyabrida salvadorlik 24 yoshli Francisko Ruis o'zining to'rtinchi pro-jangida hamyurti Rikardo Kortes bilan to'qnash keldi. Bu uning Ruizga qarshi birinchi sakkiz raundlik jangi edi, u oxirgisi edi - bokschi jang paytida nokaut tufayli vafot etdi. Sakkizinchi raundda bor-yo'g'i olti oy oldin professional boksda debyut qilgan yigit boshidan kuchli zarbani o'tkazib yubordi va ringga yiqildi. Ruiz miyasida murakkab jarrohlik amaliyotini o'tkazdi, ammo komadan uyg'onmadi. Bir necha kundan keyin oila Ruizni hayotni qo'llab-quvvatlash uskunasidan olib tashlashga qaror qildi. Malum bo'lishicha, Francisko parallel ravishda sport va motocikllarga ham ishtiyoqmand bo'lgan. U motocikllarni tamirlash ustaxonasiga ham ega edi.


8. Janglar 12 raundga qisqartirilishiga sabab bo'lgan 3 o'lim

So'nggi bir necha yil ichida sodir bo'lgan bir qator fojialardan oldin, 1982 yilda 23 yoshli koreyalik Kim Duk Kuning o'limi eng katta rezonans edi. Engil vaznda WVA yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni amerikalik Reem Manchini bilan AQSHda o'tkaziladigan 15 raundlik jangdan bir necha kun oldin u Las-Vegasdagi mehmonxonasining ko'zgusiga xuddi nima bo'lishi oldindan sezgandek: "YO hayot yoki mamot", - deb yozgan edi.


Jangning 14-raundida Kim kuchli zarbani o'tkazib yubordi va boshining orqa qismi bilan yiqildi. U o'rnidan turmoqchi bo'ldi, biroq hakam jangni to'xtatdi. Kiyinish xonasida Kim komaga tushdi va shifoxonada doktorlar subdural gematomani aniqladilar. Afsuski, operaciya yordam bermadi. Aybdorligi tufayli jang hakami Richard Grin 1983 yilda o'z joniga qasd qildi va o'g'lini yo'qotganidan to'rt oy o'tgach, onasi ham o'z joniga qasd qildi. Raqibi - Manchini biroz vaqt ringga chiqishni istamadi. SHundan so'ng boks tashkilotlari qoidalarni qayta ko'rib chiqishga qaror qilishdi, janglar davomiyligini 15 dan 12 raundgacha qisqartirishdi.


Ruh 36 soatdan so'ng tanani tark etdi


Bu fojiali rekordni panamalik WVO chempioni Pedro Alkazar o'rnatdi. U 2022 yil 22 iyunda u meksikalik Fernando Montielga qarshi himoya jangi o'tkazdi. Alkazar har bir raundda ko'proq zarba o'tkazib yuborardi va 6-raundda ring arqoniga osilib qoldi. SHunday bo'lsada, panamalik chempionlik kamarini yaqin orada qaytarib olish haqida o'ylardi. Va jangdan bir kun o'tgach, Pedro Las-Vegasdan uchib ketishga tayyorlanayotganida, mehmonxona xonasida dush qabul qilayotganda hushini yo'qotdi. Uni qutqarish uchun qilingan barcha urinishlar besamar ketdi. Alkazar jang tugaganidan keyin 36 soat o'tib vafot etdi - bu boks tarixidagi eng uzoq vaqtdan so'ng bokschining miyasigaqon quyulishi edi.  Dafn marosimida tobut ko'targanlar orasida yana bir afsonaviy panamalik, bir necha vazn toifalarida jahon chempioni Roberto Dyuran ham bor edi.

10. AQSH televideniesida 10 yil davomida boks namoyishi taqiqlanishiga sabab bo'lgan halokat


Ro'yxatdagi oxirgi fojia esa bir paytlar millionlab odamlarni larzaga solgan va 10 yil davomida boksni ekranlardan olib tashlagan halokatli jangdir. 1962 yil 24 martda afsonaviy Madisan Square Garden arenasida Emil Griffit va Benni Paret o'rtasida jang o'tkazildi, ular yarim o'rta vazn toifasida jahon chempionini aniqlab berishlari kerak edi. O'sha paytda chempionlikni qo'lga kiritgan kubalik Paret oltinchi raundda jangni deyarli yakunladi, ammo gong amerikalikni qutqarib qoldi. Natijada bahs 12-raundgacha etib bordi, Griffit fursatdan foydalanib, raqibini burchakda siqib qo'ydi va deyarli qarshilik ko'rsatmagan raqibiga o'nlab zarbalar berdi. Va bir daqiqadan ko'proq vaqt o'tgach, hakam bu vaziyatga aralashdi. Bu vaqtga kelib, 25 yoshli Paret allaqachon hushini yo'qotgan edi va uni zambilda ringdan olib chiqishdi.


Arenadan kubalik darhol kasalxonaga yuborildi, ammo sportchi allaqachon chuqur komaga tushib qolgan edi. Oradan o'n kun o'tgach, kubalikning yuragi to'xtab qoldi. Televizion eshittirish tufayli Madisan Square Garden'dagi fojiani bir necha million kishi tomosha qildi. Jangning so'nggi soniyalari bir necha bor takrorlandi, bu jamiyatda norozilik tug'dirdi, chunki bolalar bu zo'ravonlikni tomosha qilishdi. Bu bahsni ekranlardan olib tashlash talabi bor edi va keyingi o'n yil davomida Amerikada boks jonli efirga uzatilmadi. Ushbu jangni boshqargan hakam esa yana bir bor ringga chiqish uchun o'zida kuch topolmadi.


Sarvinoz RAXMONQULOVA tayyorladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: