SportUz.Net
photo photo

O‘zbekistondan 3 barobar qimmat Janubiy Koreya. U-23 Osiyo Kubogi-2022'ning eng qimmat tarkibga ega jamoalari

20.06.2022 18:31    


Rasmni yuklab olish

O‘zbekiston 1—19 iyun kunlari 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi musobaqasiga mezbonlik qildi. Temur Kapadze qo‘l ostidagi O‘zbekiston olimpiyachilari finaliga qadar yetib bordi va hal qiluvchi o‘yinda Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy berdi (2:0).

Transfermarkt portali musobaqaning eng qimmat jamoalari ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi katta farq bilan ro‘yxatda peshqadam bo‘lib turibdi.

Finalga qadar yetib kelgan Saudiya Arabistoni uchinchi o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, O‘zbekiston eng qimmat beshinchi jamoa bo‘lib turibdi.

Eng qimmat tarkibga ega jamoalar (top-10):

1. Janubiy Koreya — 15,95 million yevro
2. Yaponiya — 6,53 mln yevro
3. Saudiya Arabistoni — 6,1 mln yevro
4. Avstraliya — 5,8 mln yevro
5. O‘zbekiston — 4,9 mln yevro
6. Eron — 4,73 mln yevro
7. BAA — 4,65 mln yevro
8. Tojikiston — 3,73 mln yevro
9. Qatar — 3,53 mln yevro
10. Tailand — 3,2 mln yevro.

Qayd etish kerak, O‘zbekiston mazkur musobaqada 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar bilan qatnashdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: