SportUz.Net

«Barselona» «Real»ga tegishli XXI asrdagi rekordni yangiladi

14.03.2022 08:31    


Rasmni yuklab olish

«Barselona» Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida «Osasuna»ga qarshi bahsda 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, nafaqat 3 ochkoni qo‘lga kiritdi, balki "Real"ga tegishli rekordni ham yangiladi.

Yarim himoyachi Rikard Puch mazkur bahsda jamoasining to‘rtinchi goliga mualliflik qildi. U "Barsa" safida La liganing joriy mavsumida gol muallifiga aylangan 22-futbolchi bo‘ldi. Bu esa XXI asrda Ispaniya chempionati doirasida eng yaxshi natija hisoblanadi. Mavsum-2019/20da "Real"ning 21 nafar o‘yinchisi La ligada gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

«Barselona» joriy mavsumda 51 ochko bilan jadvalda 3-o‘rinda bormoqda. Klub peshqadam «Real»dan 12 ochko ortda qolmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: