UFC'ni etti million dollarga sotib yuborishlari mumkin edi, biroq keyinchalik 4 milliardga sotildi.
2001 yilda Dana Uayt UFC prezidenti bo'ldi. Bunga qadar tashkilot SEG kompaniyasiga tegishli edi va yaxshigina qarzi bor edi. Uayt bu vaqtlarda kazino egallari aka-uka Fertittalar bilan aloqasi yaxshi edi. Fetittalar esa 2 million dollarga UFC'ni sotib olishdi.
UFC Uayt kelgunga qadar qanday edi...
2000 yilda UFC atigi oltita turnir tashkil etdi. Ikkita turnir Tokioda, ikkitasi Luizanada, Ayova va Nyu-Jersida bittadan turnir tashkil etildi. SHaharlarning har-xilligi sabab esa u vaqtlarda Nevada va Nyu-York shaharlarda MMAga ruhsat yo'q edi.
Senator Jon Makkeyn tashkilotni keskin tanqid qilardi va UFC'ni taqiqlash kerakligi aytardi. U vaqtlarda tashkilotda umuman pul yo'q edi. 1993-2000 yillar oralig'ida tashkilot atigi 33 marta turnir tashkil etgandi.
Uaytning birinchi yili...
"Nima qilsangiz ham, davlatga qarshi chiqishingiz shart emas", - bu UFC prezidentining biznes qurishdagi tamoyillaridan biri. Uayt UFC'ning sobiq rahbariyatini liga qoidalarini davlat sport komissiyalariga moslashtirishga urinmagani, shunchaki turnir o'tkazilishi mumkin bo'lgan joylarni izlagani uchun tanqid qildi.
Aka-uka Fertitta faqat Uaytning xarizmasi va ishtiyoqiga ishongan investorlar bo'lib qoldi, deb o'ylash noto'g'ri. Lorenzo bir vaqtlar Nevada shtat atletika komissiyasida ikkinchi raqamli shaxs edi va tezda bu o'zini ko'rsatdi.
Funkcionerlarga MMA endi qoidasiz sport turi emasligini tushuntirish uchun harakat boshlandi. UFC Las-Vegasdagi ilk turnirini 2001 yil 28 sentyabrda o'tkazadi. Aynan shu musobaqa ilk bor jonli tarzda televideniya tomonidan namoyish etildi. Kechaning markaziy jangida esa Tito Ortis Vladimir Matyushenkoga qarshi jang qildi.
Dana Uayt UFC.com domenini User-Friendly Computers kompaniyasidan 75 000 dollarga sotib oladi. SHundan so'ng UFC'ning kelajakdagi eng kuchli boshlovchisi Jo Rogan bilan kelishuvga erishdi.
Tez orada tashkilot bo'lajak yulduzlar: Frenk Mir, Ti Jey Penn va Mett Serra bilan shartnoma imzoladi
"44 million dollar sarmoya kiritildi"
UFC filmida Dana Uayt bir kuni Lorenzo unga qo'ng'iroq qilib, endi janglarga sarmoya kirita olmasligini aytdi. “Men kompaniyani 7-8 million dollarga sotishimiz mumkinligini aytdim. Lorenzo esa: "Yaxshi, soting", dedi. Garchi ular o'sha paytda 44 millionga yaqin sarmoya kiritgan bo'lsalar ham, - deydi Uayt. Ammo ertasi kuni ertalab Lorenzo qo'ng'iroq qildi va Uayt eslaganidek, "Bu muhim emas! Davom etaylik", -dedi.
Bu erda bitta muhim narsa bor edi. Filmda Uayt shunday deydi: "Biz davom etdik va The Ultimate Fighter'ni yarata boshladik"... The Ultimate Fighter yoki TUF UFC'ni saqlab qolgan realiti-shou edi. Ammo shuni yodda tutingki, shou faqat 2005 yilda chiqadi. Yani, aka-uka Fertittalar 2001 yildan 2004 yilgacha to'rt yil davomida UFC uchun millionlab dollar sarflagan edi.
2002-2004 yillar mahalliy muvaffaqiyatlar davri. Uayt shouga pleyboy modellari va hatto bazi turnirlarda tahlilchi bo'lishga harakat qilgan Karmen Elektrani taklif qilish orqali tomoshabinlarni jalb qilishga harakat qildi.
Donald Trampning (o'sha paytda milliarder bo'lgan) qiziqishi uning o'zi egalik qiladigan joylarda turnirlar va shoular tashkil etishiga sabab bo'ldi.
2002 yil noyabr oyida UFC "Vendetta"da turnir tashkil etdi. 100 mingta pullik translyaciya sotildi. 8 ta jangdan 6 tasi birinchi raundda, 13 ming kishi janglarni bevosita zalda ko'rdi. Bu esa yana bir yarim million dollar foyda degani edi.
SHu bilan birga, UFC 2002 yilda 5 ta, 2004 yilda ham shuncha va 2003 yilda 7 ta shou o'tkazgan. Liga daromadi (investiciyalarsiz) 4,5 million (2001 yilda), 8,7 (2002 yilda), 7,7 (2003 yilda) va 14,3 (2004 yilda) dollarga baholangan.
Keyin nima bo'ldi?
2005 yil 9 aprelda Stefan Bonnar Forrest Griffinga qarshi jang qiladi va UFC'ning har tomonlama eng zo'rlari qatoriga kirishiga sabab bo'ldi. TUF shousi finalchilari tomonidan uch raund ajoyib va tomoshabop jang namoyish etishdi, shundan so'ng odamlar nihoyat aralash yakkakurashlarga etibor berishni boshladilar. SHundan so'ng, UFC foydasi 2005 yilda 48,3 million dollarni, 2006 yilda esa 180 million dollarni tashkil etdi.
UFC 59 (2006 yil aprel) Kaliforniyada ilk bor UFC kechasi bo'lib o'tdi.
2007 yilda Fertitta va Uayt asosiy raqobatchi - Yaponiya qonunlari bilan bog'liq muammolardan keyin charchagan Yaponiya "Pride" ligasini sotib olishdi. 2008 yilda kurash yulduzi Brok Lesnar va MMA bo'yicha kelajakdagi yulduz Jon Jons UFC'da debyut qiladi. Keyinchalik UFC'da ayollar janglari, rejadan tashqari doping testlari, chiqish formalari, BAA, Xitoy va Rossiyadagi turnirlar paydo bo'ladi.
2016 yilda media giganti WME-IMG (hozirda Endeavour) UFC'ni 4 milliard dollarga sotib oladi. Bugungi kunda esa kompaniya 7 milliardga baholanadi. 2001 yildan beri prezident bo'lgan Dana Uayt hali ham tashkilot rahbari va hali ham u UFC'ni yanada rivojlantirish yo'lida harakat qilmoqda.
51 yoshli sobiq jahon chempioni faoliyatini qayta tikladi. Bokschi 16 yil umrini qamoqda o'tkazgan