
«Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola Angliya premyer-ligasining yanvar oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda APL matbuot xizmati xabar tarqatdi.
"Shaharliklar" o‘tgan oyda 6ta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonishdi. To‘plar farqi — 16:1.
Ushbu sovringa Mikel Arteta («Arsenal»), Devid Moyes («Vest Xem») va Grem Potter («Brayton») ham da’vogarlik qilishgandi.
Eslatib o‘tamiz, APLning eng yaxshi futbolchisi sovrinini «Manchester Siti» yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan qo‘lga kiritgan edi.
"U unchalik ham kuchli emas". Xoakin Bakli SHavkat Rahmonovga bo'lgan munosabatini ochiqladi
Amerikalik UFC jangchisi SHavkat Rahmonov haqida: "Undan ko'ra men O'zbekistonga yaqinroqman"
Ilhom Nazimovning raqibi o'zgardi. Hamyurtimiz endi RIZIN chempionlik kamari uchun jang qiladi!