"Globe Soccer Awards" versiyasi bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun yakuniy nomzodlar e’lon qilindi.
Undan Krishtianu Ronaldu ("Manchester Yunayted"), Killian Mbappe, Lionel Messi (ikkisi – PSJ), Karim Benzema ("Real"), Robert Levandovski ("Bavariya") va Muhammad Saloh ("Liverpul") o‘rin olishdi. Taqdirlash marosimi 27 dekabr kuni Birlashga Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq ushbu sovrinni Ronaldu (6 marta), Radamel Falkao, Frank Riberi, Messi (1 martadan) qo‘lga kiritishgan. Ma’lumotlarga qaraganda, "Globe Soccer Awards" sovrinining ta’sischisi Ronalduning agenti Jorje Mendesh hisoblanadi.
"Kichik bolalarga imkon berishdan charchadim". Maxachev Topuriya bilan jang haqida gapirdi