"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda (2:0) bitta gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa, portugaliyalik futbolchining joriy mavsumda klub safida barcha musobaqalar doirasida urgan gollari soni 10taga yetdi (15 o‘yinda). 36 yoshli futbolchi ketma-ket 17 mavsumdan buyon o‘z klubi tarkibida kamida 10tadan gol urib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ronalduning "MYU" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Bugun Farg'onada ATFC 25 turniri o'tkaziladi, unda ikki taniqli MMA jangchimiz ham ishtirok etadi