«Fiorentina» yarim himoyachisi Frank Riberi Italiya chempionatining 20-turi doirasida «Torino»ga qarshi o‘yinda (1:1) bitta gol urdi. Mazkur gol fransiyalik futbolchi uchun A seriyaning joriy mavsumidagi dastlabkisi bo‘ldi.
37 yoshli futbolchi Yevropaning top-5 chempionatlarida so‘nggi 17 mavsumdan buyon gol urib kelmoqda. Bu orqali Riberi shu paytgacha shunday natijaga erishgan Lionel Messi («Barselona»), Krishtianu Ronaldu («Yuventus»), Serxio Ramos («Real») va Xoakin Sanches («Betis»)ning natijasini takrorladi.
Bivol Beterbiev bilan revansh haqida: "Hakamlarda hech qanday shubha qoldirmasligim kerak"
Bahodir Jalolov: "Ikki-uch oy vaqt berilsa, Usik bilan jang qilishga tayyor bo'laman"