SportUz.Net
photo photo

Ronaldu jahon rekordini yangiladi

02.09.2021 06:31    


Rasmni yuklab olish

Yevropada Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Portugaliya o‘z maydonida Irlandiyaga qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 89 va 90+6-daqiqalarda ikkita gol urgan Ronaldu jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

E’tiborlisi, ushbu dubl evaziga portugaliyalik yulduz terma jamoa safida kiritgan gollari sonini 111 taga yetkazib oldi va jahon rekordini o‘rnatdi. Avval ushbu ko‘rsatkich eronlik Ali Dayiga tegishli edi (109).

Ma’lumot uchun, 36 yoshli Ronaldu Portugaliya terma jamoasi tarkibida 2003 yilda debyut qilgan va bu vaqt oralig‘ida 180 uchrashuvda maydonga tushgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: