SportUz.Net
iks
ads

"O'z ishing bilan mashg'ul bo'l". Maxachevning menejeri Iliya Topuriyaga murojaat qildi

18.11.2025 17:27    


Rasmni yuklab olish

Ikki vazn toifasida UFC chempioni Islam Maxachevning menejeri Ali Abdel-Aziz rossiyalikning ispaniyalik Iliya Topuriya bilan ehtimoliy jangi haqida gapirdi.

"Sen hatto bir marta ham kamaringni himoya qilmading, Islam bu ishni to'rt marotaba amalga oshirdi. Hech bo'lmasa, bir-ikki martta unvoningni himoya qilsang, Islam sen bilan muammosiz jang qiladi. Maxachev hozir Iliya Topuriyani engib nima yutadi? U oktagonda 9 kilogrammga engil bo'ladi.

O'z merosingizni yarating. O'zing haqingda gapir. Sen yoshsan, ochsan va yaxshisan. Pul top, shartnomani yakunla, yangisini ol, keyin katta chek uchun Islam bilan jang qil. Islam o'z ishini qilsin, sen o'z ishingni. Menimcha, u Konordan o'rnak olmoqda", - dedi Abdel-Aziz Maykl Bispingga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: