SportUz.Net
iks
ads

Islom Boltaev ATFC kamari uchun jang qiladi

18.11.2025 14:42    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Islom Boltaevning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum bo'ldi.

Hamyurtimiz 6 dekabr kuni Toshkentdagi "Yunusobod" sport majmuasida tashkil etiladigan ATFC 26 turnirida oktagonga ko'tariladi.

Unga o'sha kuni boshqa bir o'zbekistonlik sportchi — SHukurjon Abdurahimov raqib bo'ladi. Jang o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.

Aslida, ATFC 26 turniri 30 noyabr kuni Toshkent shahridagi "Universal" sport saroyida o'tkazilishi belgilangandi, biroq keyinchalik sana va manzil bo'yicha o'zgarish bo'ldi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: