SportUz.Net
iks
ads

Kamaru Usman: "Maxachev bilan jang meni qo'rqityapti"

18.11.2025 16:27    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Kamaru Usman divizionning yangi chempioni Islam Maxachev bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.

Nigeriyalik aralash yakkakurash ustasi Islamning davogarlar Maykl Morales va Karlos Pratesda hech qanday tahdid ko'rmayotgani va aynan o'zini eng xavfli raqib deb bilishi haqidagi fikriga qo'shiladi.

"Menimcha, Islam haq. Prates va Morales fantastik ishni amalga oshirishdi. SHu bilan birga Prates, ehtimol, hozirda men eng yaxshi ko'radigan yarim o'rta vazn toifasi vakilidir. Uning janglarini eng ko'p men tomosha qilsam kerak. Menimcha, agar divizionda men va Islamga o'xshagan yigitlar turganda, Prates chempion bo'lgan taqdirda ham Jek Della Maddalena bilan sodir bo'lgan voqea muqarrar ravishda uning boshiga tushgan bo'lardi. Birortamiz u bilan ham xuddi shunday qilgan bo'lardik. Islamga qaraganimda, uning jangida kamchilik ko'rmayman va bu meni qo'rqitadi. Lekin aynan o'shanda men eng tasirli o'yinlarni ko'rsataman. Oxirgi marta buni Kolbi Kovington bilan jangda his qilganman", - deya Usmanning so'zlarini keltiradi Bloody Elbow.

Yakshanba tongida Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan UFC 322 turnirida Islam Maxachev hakamlarning yakdil qarori bilan Jek Della Maddalena ustidan g'alaba qozonib, avstraliyalikdan chempionlik kamarini tortib olgandi. Maykl Morales va Karlos Prates esa ushbu turnir doirasida mos ravishda SHon Bredi va Leon Edvards ustidan muddatidan oldin g'alaba qozongan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: