
Nihoyat, Islam Maxachev ushbu reyting peshqadamiga aylanib oldi. Ikki vazn toifasida UFC chempioniga aylangan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi shu paytgacha reytingda 1-o'rinni egallab kelgan engil vazn chempioni Iliya Topuriyani 2-o'ringa tushirib yubordi. Islamga yutqazib, sobiq chempiongan aylanib qolgan avstraliyalik Jek Della Maddalena 9-o'rinda qayd etilgan.
Reyting Pound-For-Pound UFC (Top-10):
1. Islam Maxachev (Rossiya).
2. Iliya Topuriya (Ispaniya).
3. Merab Dvalishvili (Gruziya).
4. Xamzat CHimaev (BAA).
5. Aleksandr Pantoja (Braziliya).
6. Aleks Pereyra (Braziliya).
7. Aleksandr Volkanovski (Avstraliya).
8. Tom Aspinall (Buyuk Britaniya).
9. Jek Della Maddalena (Avstraliya).
10. Drikus dyu Plessi (Janubiy Afrika).

"O'z ishing bilan mashg'ul bo'l". Maxachevning menejeri Iliya Topuriyaga murojaat qildi