
Ekvadorlik aralash yakkakurash ustasining ikki vaznda UFC chempioniga aylangan Islam Maxachevni nokautga uchratishiga ishonchi komil.
"Ikki-uch yil Tixuanda bo'lasiz va Islam Maxachevni qanday nokaut qilishni o'rganib olasiz", - deb yozdi Morales ijtimoiy tarmoqda rossiyalik jangchining kurash va Dog'iston haqidagi mashhur gapini o'zgartirib.
Mag'lubiyat nimaligini bilmay ketayotgan 26 yoshli Maykl Morales dunyoning eng kuchli ligasida Ekvador sharafini himoya qiladi, ammo hozirda Meksikaning Tixuana shahrida yashaydi va o'z mashg'ulotlarini o'tkazadi.
Davogarlik jangida g'alaba qozongan bo'lsa-da, Moralesga navbatdagi bahsida chempionlik imkoniyati kafolatlanmagan. CHunki rossiyalik bilan jangga Iliya Topuriya, Kamaru Usman va hatto o'tgan hafta oxirida sobiq chempion Leon Edvardsni ajoyib tarzda mag'lub etgan Karlos Prates ham davogarlik qilmoqda.
